Yo‘nalish o‘zgardi. Ibrahimovichda boshqa variant paydo bo‘ldi
Zlatan Ibrahimovich «Milan»ga qaytishi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar tarqatdi.
35 yoshli hujumchi yanvar oyiga qadar tizzasidagi jarohatini tuzatish bilan band bo‘ladi.
Bundan avvalgi xabarlarda «Manchester Yunayted»dan yangi shartnoma bo‘yicha taklif olmagan ushbu futbolchi faoliyatini keyingi yil mart oyida start oladigan MLS chempionati ishtirokchisi «Los-Andjyeles Gelaksi»da davom ettiradigan bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Bu vaqtda esa futbolchining agenti Mino Rayola o‘z mijozi AQSh yoki Xitoyga ketmasligi, Yevropada qolish variantini tanlashi haqida aytmoqda.
«Manchester Yunayted» safida Ibrahimovich 46 o‘yinda 28 gol urdi, ammo u jarohat olgani tufayli mankunianliklar undan voz kechishdi.
Shvetsiyalik ushbu futbolchi «Milan»da 2010-2012 yillar davomida o‘ynagan, 85 o‘yinda maydonga tushib, 56 gol urgandi. U «rossonerilar» bilan 2011 yilda A Seriyani qo‘lga kiritgan, shu mavsumda Italiya Superkubogiga ham ega chiqqandi.
Mavzuga oid
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
13:01 / 21.01.2024
Italiyada mojaro, «Arsenal»da 5 ta gol. Yevropada kun o‘yinlari
13:23 / 14.12.2023
«PSJ» amallab o‘lim guruhidan chiqdi, «Barsa» autsayderga yutqazishni «uddaladi». YeChLda so‘nggi tur o‘yinlari
16:37 / 28.11.2023