Jahon | 23:03 / 13.06.2017
7754
1 daqiqa o‘qiladi

Keniya poytaxtida bino qulab tushishi oqibatida ko‘plab odamlar bedarak yo‘qoldi

Foto: twitter.com/KenyaRedCross/

Keniya poytaxti Nayrobida 7 qavatli turar-joy binosi qulab tushishi oqibatida 15 dan ko‘proq odam bedarak yo‘qoldi. Bu haqda VVS telekanali xabar bermoqda. 

Favqulodda vaziyatlar mahalliy xizmati xodimlarining ma'lum qilishicha, fojia 13 iyunga o‘tar kechasi yuz bergan. Ayni vaqtda falokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu falokat 121 odamga ta'sir qilgan. 

"Ba'zi odamlar vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, qidiruv ishlari davom etmoqda", deb aytgan qidiruv ishlarini boshqarayotganlardan biri Pius Massai.

Uyda yashovchi ko‘pchilikni xavfsiz joyga evakuatsiya qilishga muvaffaq bo‘lingan. Biroq ba'zilar o‘z buyumlarini topish umidida vayronalarga qaytib, u yerdan boshqa qaytmaganlar. 

Keniyada turar-joy binolarining eskiligi eng katta muammolardan biri hisoblanadi. Oxirgi marta bunday falokat 2017 yil aprelida yuz bergandi va 49 kishining hayotiga zomin bo‘lgandi.

Mavzuga oid