Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Panama Xitoy sabab Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Panama hukumati Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qildi. Bu Xitoy bilan rasmiy aloqalar o‘rnatilishi uchun amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Reuters Panama hukumati bayonotiga tayangan holda.
Panama hukumatining ma'lum qilishicha, u “dunyoda faqatgina bitta Xitoy” borligi hamda Tayvan “Xitoy hududining ajralmas bo‘lagi ekanini” tan oldi.
“Panama hukumati bugun Tayvan bilan o‘z diplomatik munosabatlarini to‘xtatmoqda va Tayvan bilan barcha munosabatlar hamda rasmiy aloqalarni uzadi”, - deyiladi bayonotda.
Aprel oyida AQSh prezidenti Donald Tramp Tayvan prezidenti Tsay Invenning qo‘ng‘irog‘iga javob bermagani, sababi Pekin bilan muammolar yuzaga kelishni istamasligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
00:34
Xitoy Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini ishdan chiqaruvchi qurolini namoyish etdi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
17:52 / 10.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi fojiali hodisalar yuzasidan Si Jinpingga hamdardlik yo‘lladi
17:31 / 10.07.2026