Pentagon rahbarining AQSh armiyasi jangovar shayligidan hafsalasi pir bo‘ldi
Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Kongressdagi eshituvlarda harbiy byudjyet qisqartirilganidan keyingi mamlakat harbiy shayligi xususida fikrlarini bildirdi. «Men byudjyet sekvestri kuchga kirganidan 3 oy o‘tgach armiyadan ketdim. 4 yildan keyin vazirlikka qaytdim — va men bizlarning jang qiliishga doir tayyorligimizning ahvoliini ko‘rib, hafsalam pir bo‘ldi»,— deya uning so‘zlarini keltiradi AFP.
Mettisning so‘zlariga ko‘ra, «Qurolli kuchlarga birorta dushman byudjyet qisqartirilishidek ziyon yetkaza olmagan». Uning fikricha, Amerika armiyasidagi vaziyatni o‘nglash uchun bir necha yil mobaynida barqaror moliyalash talab etiladi.
Pentagon rahbari, shunindek, Kongressdan mamlakat hududidagi ortiqcha harbiy bazalarni yopishga hada tejalgan mablag‘larga yangi vertolyotlar, qiruvchi samolyotlar va atom suv osti kemalari xarid qilishga ruxsat berishni so‘ragan. «Bizning prognozlarga ko‘ra, harbiy bazalarni yopish bo‘yicha ishlar yetarli darajada amalga oshirilsa, yiliiga 2 mlrddan ortiq mablag‘ga ega bo‘lish imkoni paydo bo‘ladi. Bu 300 dona Apache jangovar vertolyotlari yoki 120ta Super Hornet (to‘rtinchi avlod qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari), yoxud 4ta Virginia tasnifidagi atom suv osti kemasini xarid qilish mumkin»,— degan vazir.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning mart oyida AQSh senatorlari mamlakat prezidenti Donald Trampning Qo‘shma Shtatlar Qurolli kuchlari byudjyetini oshirish bo‘yicha sa'y-harakatlarini yetarli emas, deb hisoblagan edi. Davlat rahbari 2018 yil uchun harbiy byudjyetni 54 mlrd dollarga oshirishga qaror qilgan, biroq senatorlarning fikricha, Pentagon byudjyeti 91 mlrd dollarga oshirilishi kerak.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024