Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prokuratura Ronalduni yana bezovta qilmoqda. 5 yillik qamoq xavfi bor
Krishtianu Ronaldu soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblandi. Madridning «Real» klubi hujumchisiga nisbatan tegishli da'vo arizasi Ispaniya prokuraturasi tomonidan taqdim etilgan, deb xabar bermoqda Yevronyus.
Prokuratura ma'lumotiga ko‘ra, portugaliyalik 2011 va 2014 yillar oralig‘ida davlat xazinasiga 14,7 million yevro miqdorida mablag‘ to‘lamagan. Prokuratura bayonotida aytilishicha, Ronaldu «2010 yilda yaratilgan tashkilotdan Ispaniyada o‘z daromadlarini yashirish maqsadida atayin foydalangan».
Umumiy hisobda futbolchi moliyaviy nayranglarning to‘rt holatida ayblanmoqda. U bir yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
2017 yil davomida ispan nashrlari Ronalduga 8 million yevrolik soliqni to‘lamagani uchun 12 oylik qamoq jazosi tahdid qilayotgani haqida yozishgandi. Keyinroq portugaliyalik futbolchi ko‘ngilli ravishda 6 million yevro to‘lab bergani va ish yopilgani ma'lum qilindi.
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026