O‘zbekiston | 10:34 / 14.06.2017
4624
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Ashxobodda Turkmaniston TIV rahbari bilan uchrashdi

Foto: O‘zbekiston TIV matbuot xizmati

13 iyun kuni yuqori darajadagi «Markaziy Osiyo – BMT» muloqotida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga borgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi.

O‘zbekiston TIV rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida shu yilning mart va may oylarida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlari muhokama qilingan.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmanistonning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.

Mavzuga oid