Aeroportlar solayotgan eng jiddiy xavf aniqlandi
Gretsiyalik, niderlandiyalik va britaniyalik olimlar aeroportlarga yaqin yerda yashovchi kishilar qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini aniqlashdi. Bu boradagi tadqiqot natijalari Occupational & Environmental Medicine jurnalida e'lon qilingan.
Samolyotlar dvigatellari tomonidan kechki vaqtda uzoq vaqt davomida shovqinning kelib chiqishi, qon bosimining ko‘tarilishi va insultga olib kelishi mumkin.
Olimlar bunday xulosalarga Afina (Gretsiya) xalqaro aeroporti yaqinida istiqomat qiluvchi 420 nafar kishini kuzatib kelishgan. Ushbu aeroportda har kuni 600 ga yaqin samolyot qo‘nadi va parvoz qiladi. Shuningdek, olimlar Yevropadagi boshqa beshta yirik aeroportni ham tahlil qilishdi.
Tadqiqot ishtirokchilarining taxminan 49 foizi sutkaning kunduzgi vaqtida (soat 07:00 dan 23:00 gacha) o‘zida 55 detsibeldan yuqori bo‘lgan tovush ta'sirini sezishgan, kechki payt esa ishtirokchilarning to‘rtdan bir qismi 45 detsibellik tovush ta'sirini his etishdi.
Tadqiqot o‘tkazilgan 2004-2013 yillar davomida 71 kishida yurak aritmiyasi aniqlandi, 18 ishtirokchida yurak xuruji ro‘y bergan. Mutaxassislarning fikricha, tovush balandligini har 10 detsibelga oshirish yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘lish ehtimolini ikki barobarga oshiradi.
Mavzuga oid
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
19:31 / 14.11.2024
Aeroportga ishga joylashtirish evaziga 1,5 ming dollar olgan xodim ushlandi
15:46 / 14.11.2024