Jahon | 07:41 / 14.06.2017
17144
1 daqiqa o‘qiladi

Ar-Riyod Qatarni qamal qilganini rad etdi va unga yordam berishga tayyorligini bildirdi

Foto: RIA "Novosti"

Vashingtonga safar bilan kelgan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Qatarga qarshi kiritilgan choralarni qamal emas, boykot deb atadi va qirollikning Qatarga yordam jo‘natishga tayyorligini bildirdi.

"Texnik jihatdan bu qamal emas. Biz ularga havo hududimizdan foydalanishni taqiqlash huquqimizdan foydalanmoqdamiz. Biz oilalarga davlatdan davlatga o‘tishga ruxsat berganmiz, biz ularni ayirmayapmiz va zarur bo‘lsa, Qatarga oziq-ovqat va dori-darmon taqdim qilishga tayyormiz", deb aytdi al-Jubayr amerikalik hamkasbi Reks Tillerson bilan uchrashuv oldidan.

Al-Jubayrning aytishicha, Qatarning dengiz portlari va aeroportlari ochiq, ularga nisbatan qamal yo‘q, kiritilgan taqiqlov esa faqatgina Qatar samolyotlariga tegishlidir. "Qatar istagan joyiga tovarlar yetkazishi mumkin, shunchaki ular bizning hududiy suvlarimizga kirmasligi lozim", deb ta'kidlab o‘tdi al-Jubayr.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid