JÇ-2018 saralaşida ketma-ket muvaffaqiyatsizliklarga uçrayotgan, ammo boşqa terma jamoalarning qayd etayotgan natijalari tufayligina turnir yöllanmasiga ega çiqiş uçun imkoniyat saqlab qolayotgan Samvel Babayan boşqaruvidagi Özbekiston milliy terma jamoasi kun mavzusiga aylandi. Sport jurnalisti Qahramon Aslanov «Babayan iste'foga çiqişi kerakmi?» sarlavhasi ostidagi maqolasini taqdim etib, bu masalada murabbiyning iste'foga çiqişini yoqlayotgan muxlislar bilan hamfikr ekanini ifodalagan. Quyida uşbu maqola qayta naşr etiladi.

«Babayan iste'foga çiqişi kerakmi?»

Bu maqolada heç qanday yangi fikr, yangi tahlil körmaysiz. Şunçaki, men ham sizlar bilan ekanligimni körsatiş uçun yozildi.

«Barselona» çorak finalda «Yuventus»ga yutqazgaç, Dani Alveş masalasi köp muhokama qilindi. Klub braziliyalik himoyaçini ketkazib katta xato qilganini hamma aytdi. Çunki Alveş Turinda hali ham yaxşi öynayotgandi. Lekin aslida, «Barselona»ning xatosi Alveşni ketkazgani emasdi. Alveşning ketiş payti allaqaçon kelgan, klub u bilan xayrlaşib töğri qarorga kelgan. Ammo «Barselona»ning xatosi bu yerda jarayonni töliq boşqarmagani, ya'ni Alveşning örniga yaxşiroq himoyaçi olib kelmagani. Natijada Alveşning ketişi muammoga aylandi.

Bu holatni men köproq, murabbiylarimizning iste'fosiga öxşataman. Biz doim bu jarayonni töliq boşqara olmaymiz, natijada, xuddiki, iste'fodan foyda yöq, degan xulosaga kelib qolinadi.

Bir neça oy oldin «Iste'fo» sarlavhasi ostida maqola taqdim etgandim. Öşanda terma jamoamizning boş murabbiyi Samvel Babayanni öşa paytda iste'foga çiqariş töğri bölmasligi haqida fikr yuritganman. Agar hozir ham fikrim qiziq bölsa, boşqaça öylayman – Samvel Babayan şu bugunoq, yoki ertaga iste'foga çiqarilişi şart. Fikrimning özgarganiga bir neça sabablar bor.

Birinçidan. Öşanda «agar hozir Babayanni böşatib yuborsak, u ham qutulib qoladi, undan keyin keladigan murabbiy ham bor mas'uliyatni böyniga olmaydi, natijada, xatolarni tahlil qilişimiz, bu safargi turnirdan heç bölmasa, tajriba sifatida foydalanişimiz ilojsiz bölib qoladi» degan edim. Bu holat özgardi – bemalol aytişim mumkinki, Samvel Babayan saralaş öyinlaridagi bu bosqiçda öz niyatiga yeta olmadi. Agar keça, Babayanga umuman boğliq bölmagan ikki jamoaning öyinida boşqaça natija qayd etilganda, biz deyarli JÇ ga töğridan töğri boriş imkoniyatini boy bergan bölardik. Töğri, futbolda boşqa jamoaning natijasidan umid qiliş uçrab turadi, ammo biz öz raqibimizni yutib, keyin Qatardan umid qilmadik, biz öz raqibimizni yuta olmay, eng yomoni, buni amalga oşiriş uçun biror kiçik narsa namoyiş qila olmay, keyin Qatarga muxlis bölib qoldik. Farqi bor.