Prezident raisligidagi yiğilişda hozirda «Özbekneftgaz» AJ va Davlat aktivlarini boşqariş agentligida katta taftiş ketayotgani, milliard-milliard sömlik talon-torojliklar aniqlangani ma’lum qilindi.

Misol uçun, Davlat aktivlarini boşqariş agentligining mansabdor şaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard sömlik yer uçastkasini yopiq autsionga çiqarib, 120 milliard sömga sotib yuborgan.

Şu bois, keça agentlik direktori Akmalxon Ortiqov işdan olingan.

«Haqli savol tuğiladi. Uşbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bölsa, xavfsizlik masalalari uçun mas’ullar qayerga qaragan?» – degan prezident.

DXX raisiga «Özbekneftgaz» AJ va Davlat aktivlarini boşqariş agentligi uçun mas’ul xodimlarining javobgarligini körib çiqiş topşirildi.

Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qözğatilgan jinoyat işi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga mas’ul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qiliş topşirildi.

«Sotilgan davlat mulklari böyiça har bir holatni sinçkovlik bilan tekşirib, barça korrupsiyaviy sxemalarni foş qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin», – dedi davlat rahbari.

Ma’lumot uçun, Akmalxon Ortiqov 1980 yilda Namangan viloyatining Çortoq tumanida tuğilgan, Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti va Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi qoşidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Turli yillarda moliya vazirligi tizimida, Namangan va Farğona viloyati hokimliklarida moliya boşqarmalarida işlagan, 2017 yilda Namangan viloyati hokimi örinbosari bölgan.

Keyinroq Iqtisodiyot vaziri örinbosari, Farğona viloyati hokimi örinbosari, Vazirlar Mahkamasida kotibiyat mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2020 yil dekabrida Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirining birinçi örinbosari lavozimidan Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktori lavozimiga ötgandi.