21:56 / 14.06.2017
9797

«Real» Morataning narxini ma'lum qildi

«Real» o‘z hujumchisi Alvaro Morata uchun belgilangan narxni pasaytirmoqchi emas.

Marca tarqatgan xabarga ko‘ra, «Qirollik klubi» rahbariyati avvaliga futbolchisini transferga qo‘yishni aslo istamagandi, ammo rahbariyat endi uni 90 mln yevro evaziga sotishga rozi bo‘ladi.

Jamoaning bunday qat'iylik ko‘rsatishiga bosh murabbiy Zinedin Zidan Morata ketishini istamayotgani bilan bog‘liq. Klubdagilar Morataning yakunlangan mavsumda ko‘rsatgan o‘yinlaridan qoniqish hosil qilishgan, ammo futbolchining o‘zi o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘lmoqda.

Ispaniya chempionatining yakunlangan mavsumida Morata 26 uchrashuvda ishtirok etdi (shundan 14tasida boshlang‘ich tarkib). U bu uchrashuvlarda 15 gol urgan va 4 golga uzatma bergan.

Top