Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Yevropaga gaz eksport qilishni ko‘zlamoqda
Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi "O‘zbekneftgaz" faoliyati va uning istiqboldagi rejalariga bag‘ishlandi. Unda kompaniya boshqaruvi raisi Alisher Sultonov "O‘zbekneftgaz" kelgusida Yevropaga gaz eksport qilishi mumkinligini qayd etdi.

"General bo‘lishni orzu qilmagan askar yaxshi jang qila olmaydi. Albatta, biz Yevropaga eksport qilish sari harakat qilamiz. Dengizga chiqishimizning o‘ziyoq ko‘p narsadan dalolat beradi. Masalan, Kaspiy shelfi orqali neft qazish yoki Ozarboyjon bilan hamkorlikni olaylik, bularning bari Xalqaro bozorga chiqishga yo‘naltirilgan faoliyatdir", - deydi Sultonov.
Mutaxassislar bu borada Janubiy gaz koridori salohiyatli yo‘nalish bo‘lishi mumkinligini ta'kidlashdi. Mazkur loyiha Kaspiy mintaqasidan Gruziya va Turkiya orqali gaz trasportirovkasini ko‘zda tutadi.
Ekspertlarning ta'kidlashicha, joriy yilda "O‘zbekneftgaz" Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ozarboyjon va O‘zbekistonda, shuningdek uchinchi mamlakatlarda birgalikda neft-gaz operatsiyalarini o‘tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
20:42 / 21.02.2026
AQSh harbiy samolyotlari Yevropa va Arabistondagi bazalar orasida muntazam qatnamoqda – OAV
15:22 / 21.02.2026
Yevropa Ukraina yordamida dronlarga qarshi arzon himoya tizimini yaratadi
14:28 / 20.02.2026
AQSh Yevropada senzurani chetlab o‘tish uchun onlayn-portal ishlab chiqmoqda
13:52 / 17.02.2026