Iqtisodiyot | 17:40 / 15.06.2017
6975
2 daqiqa o‘qiladi

Apple 1 milliard dollarlik "yashil" obligatsiyalarni ishlab chiqardi

Foto: REUTERS

Apple 1 milliard dollar qiymatga teng "yashil" obligatsiyalarni chiqardi. Shu tariqa korporatsiya AQShning Parij kelishuvidan chiqqanidan keyin bu qimmatli qog‘ozlar emissiyasini amalga oshirgan birinchi Amerika kompaniyasi bo‘ldi. Reuters agentligi shu haqda xabar berdi.

"Yashil" obligatsiyalar deyarli o‘n yildan beri moliyaviy bozorda mavjud bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya, energosamaradorlikni oshirish, ekologik toza transport yoki past uglerodli iqtisodga bog‘liq loyihalarga mablag‘ jalb qilish uchun qo‘llanadi.

Apple'da ma'lum qilinishicha, "yashil" obligatsiyalarning chiqarilishi kompaniyaning Parij kelishuviga sodiqligini namoyon qiladi. Korporatsiyaning ekologiya, siyosat va ijtimoiy tashabbuslar bo‘yicha vitse-prezidenti Liza Jyekson shunday deydi:

"Biznes hamjamiyatida iqlim va sayyora o‘zgarishlariga bog‘liq muammolarni hal qilish borasida yetakchilik muhim ahamiyatga ega".

Olingan daromad vositalari Apple'ga tegishli obektlarda qayta tiklanuvchi energetika hamda energosamaradorlik bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish, shuningdek ekologik xavfsiz materiallarni sotib olishga sarflanadi. 

Apple "yashil" obligatsiyalarni oxirgi marta 2015 yilda ishlab chiqargandi. O‘shanda ular Parij kelishuvi imzolanishi doirasida ishlab chiqilgan edi, ishlab chiqarish hajmi 1,5 milliard dollarni tashkil qilgan. O‘tgan yili kompaniya qayta tiklanuvchi energiya bilan bog‘liq turli loyihalarga 442 million ajratgan edi.

Mavzuga oid