Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Qirg‘izistonga 100 million dollarlik yordam ko‘rsatadi
"Qozog‘iston va Qirg‘iziston Respublikalari hukumatlari o‘rtasida yordam ko‘rsatish va undan foydalanishni nazorat qilishga doir Protokol ratifikatsiyasi to‘g‘risida"gi qonun loyihasiga muvofiq, Qozog‘iston Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga kirishi uchun 100 million dollar qiymatli yordam ko‘rsatadi. Bu haqida 24.kg saytida xabar berildi.
"Yordam bir necha transhlar orqali taqdim etiladi. Har bir holatda texnik yordamga doir alohida protokol imzolanadi va ratifikatsiya qilinadi. Tadbirlar ro‘yxatiga faqatgina Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishiga doir "yo‘l xaritalari" tadbirlari kiritiladi. Yordam pul vositalari, uskunalar, tovar va xizmatlar shaklida ko‘rsatiladi. Transhni amalga oshirish yakunlari bo‘yicha undan foydalanish nazorat ostiga olinadi", - dedi Baxit Sultonov.
"Qirg‘iziston yordamdan foydalanish va taqdim etilayotgan hujjatlar ishonchliligi uchun javobgar", - deya qo‘shimcha qildi Sultonov.
Yana bir qonun loyihasi bilan Qirg‘izistonga texnik xususiyatga ega tadbirlar ro‘yxati (xarajatlar smetasi)ni muvofiqlashtirishini yengillashtirish uchun yordam ko‘rsatish tartibiga o‘zgarishlar kiritiladi.
Bundan tashqari, Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi sharoitlarida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi kelishuvga tuzatishlar kiritildi. Unga ko‘ra texnik xususiyatga ega tadbirlar ro‘yxati, ya'ni xarajatlar smetasi ishlab chiqildi. B.Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, transh summasi 7 million 526 ming 789 dollarni tashkil qiladi va pul shaklida taqdim qilinadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026