Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada harbiy samolyot radarlardan yo‘qolib qoldi
Malayziyada harbiy samolyot radarlardan yo‘qolib qoldi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar tarqatmoqda.
Hawk 108 qiruvchi samolyoti radarlarda ko‘rinmay qolgan. Samolyot Kuantan aviabazasidan havoga ko‘tarilgandi. Yarim soat o‘tib, Paxang va Trengganu shtatlari chegarasidan o‘tayotganida samolyot bilan aloqa uzilgan.
Malayziya Harbiy-havo kuchlari qidiruv-qutqaruv amaliyoti boshlagan, Mudofaa vaziri Hisomuddin Huseyn barchani uchuvchilar uchun duo qilishga chaqirgan.
Hawk 108 — britanlarning Hawk samolyotining eksport uchun chiqarilgan va Malayziya uchun maxsus tayyorlangan variantidir. Bu ikki o‘rinli harbiy samolyot mashg‘ulotlar uchun qo‘llanadi. Ayni vaqtda Malayziya HHK tarkibida 4 dona Hawk 108 samolyoti bor edi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026