Yunusobod va Yashnobodda bosqinchilar ushlandi
Toshkent shahar IIBBda profilaktika kuni munosabati bilan matbuot brifingi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar IIBB tomonidan jinoyatchiliklarning oldini olish, uning profilaktikasi bo‘yicha axborot berildi.
Xususan, 2017 yilning 08 iyun kuni, Yunusobod tumani hududida noma'lum shaxs fuqaro D.ga, o‘zini “tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi” deb tanishtirgan holda aldov yo‘li bilan xonadonga kirib, Davronovning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, xonadondan 1 mln so‘m va 400 AQSh dollari miqdoridagi naqd pullarni bosqinchilik yo‘li bilan egallab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 164-moddasi 3-qismi (bosqinchilik) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida 9 iyun kuni, mazkur jinoyatni sodir qilgan - 1971 yilda tug‘ilgan Mo‘minov Azim Jumaniyozovich qo‘lga olinib, undan daliliy ashyo sifatida pul mablag‘lari olindi. Mo‘minovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, hozirda uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
2017 yilning 11 iyun kuni, Yashnobod tumanida muqaddam talonchilik jinoyati uchun sudlangan Radjapov Jamoliddin jinoiy sherigi Junisov Jumadilla bilan birgalikda fuqaro Isayevga pichoq tirab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, bahosi 1mln 500 ming so‘mlik “LG G-3” rusumli uyali telefon apparatini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringanlar.
IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida Radjapov va Junisovlar qo‘lga olinib, ulardan “LG G-3” uyali telefon apparati daliliy ashyo sifatida olindi.
Yashnobod IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 164-moddasi (ya'ni, bosqinchilik) alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan olib borilgan tergov harakatlari davomida ushbu shaxslar, 10 iyun kuni fuqaro Rinatovga nisbatan aynan shu usulda bosqinchilik sodir etib, “Redmi-4” rusumli uyali telefon apparati va 50 ming so‘m miqdordagi naqd pullarini talon-taroj qilganliklari aniqlangan. Ulardan “Redmi-4”rusumli uyali telefon apparati daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda mazkur jinoiy guruh a'zolariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Shu munosabat bilan, shahar IIBB yuqoridagi suratlari e'lon qilingan shaxslardan aziyat chekkanlar bo‘lsa, yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari yoki “102” raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raydi.
Mavzuga oid
08:08 / 08.11.2024
Yunusobodda bir kunda ikkita YTH sodir bo‘ldi
09:00 / 09.09.2024
Toshkentda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni sotayotgan shaxs ushlandi
13:40 / 20.08.2024
Toshkentda qalbaki AQSh dollarini sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi
13:02 / 23.07.2024