Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi bolalar bog‘chasida portlash kim tomonidan amalga oshirilgani aniqlandi
Xitoyning Tszyansu viloyatidagi bolalar bog‘chasida portlashni 22 yoshli erkak qo‘lbola portlovchi qurilma orqali amalga oshirgan. Politsiya dastlabki tergovdan so‘ng shunday xulosaga keldi. Hodisa oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi, 60 dan ortiq inson jarohatlandi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.
Portlash kecha Syuychjou shahrining Fen uyezdidagi bolalar bog‘chasi yonida ro‘y berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, sakkiz kishi hayot bilan vidolashgan, 65 inson jabrlangan, ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, huquq-tartibot xodimlari voqea joyini ko‘zdan kechirib, videokuzatuv kameralaridagi yozuvlarni o‘rganib, ashyoviy dalillar to‘plab hamda DNKni tahlil qilib, portlashni Syuychjou shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs qo‘lbola portlovchi qurilma yordamida amalga oshirganini aniqlashdi. Uning o‘zi portlash natijasida halok bo‘lgan.
Politsiya qo‘zg‘atilgan jinoiy ishni fosh etilgan, deb ma'lum qildi, biroq jinoyatga nima undagani noma'lumligicha qolmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026