Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peres Ronalduning ketishiga qarshilik qilmoqchi emas
"Real Madrid" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh 16 iyun kuni klub rahbariyati bilan shoshilinch muzokaralar o‘tkazdi. Mendesh jamoa vakillariga mijoziga APL klubidan taklif bo‘layotanini aytgan. Bu haqda Cope radiostansiyasiga tayangan holda, Metro xabar berdi.
Mendesh shuningdek, Ronalduga Xitoy va Fransiya klublari ham qiziqayotganini qo‘shimcha qilgan.
"Real" prezidenti Florentino Peres Ronalduning madridliklar safida qolishini istaydi, biroq portugaliyalik hujumchisi "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi bo‘lsa, unga qarshilik qilmoqchi emas.
Avvalroq Ronaldu soliq to‘lashdan qochishda ayblanib, prokuratura tomonidan tekshirishlar olib borilayotgani uchun Ispaniyadan ketmoqchi ekani haqida ma'lumotlar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026