Jahon | 08:37 / 16.06.2017
14888
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya va AQSh o‘rtasida kibersohada urush bo‘lishi ehtimoliga baho berdi

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik rejissyor Oliver Stounga bergan intervyusida kibersohada Rossiya va AQSh o‘rtasida urush yuz berishi ehtimoliga baho berdi. Rejissyorning "Bunday urush bo‘lishi ehtimoli qanchalik haqiqatga yaqin?" degan savoliga Putin fizik Isaak Nyutonning 3-qonuni bilan javob berdi.

"Agar harakat bo‘lsa, unda doimo unga qarshi harakat bo‘lsa kerak", deb javob qilgan Putin.

Stoun o‘z navbatida Putin javob berayotganda "xuddi tovuqxonadan chiqqan tulkidek" ayyorona qiyofada bo‘lganini ta'kidlab o‘tgan. 

"Ha, afsuski, u yerda tovuqlar yo‘q edi", deb hazilga hazil bilan javob bergan Putin.

Oliver Stounning "Putin bilan intervyu" nomli hujjatli filmi Showtime kabel kanali orqali namoyish qilindi. 4 seriyali filmda Putin o‘z oilasi, mashhur siyosatchilar bilan munosabatlari, sportdagi yutuqlari hamda sobiq Ittifoq va AQSh haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid