Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» Donnarummani tekinga qo‘lga kiritmoqchi
Janluijji Donnarumma «Milan» bilan shartnomani uzaytirmasligi ma'lum bo‘lgach, ko‘p o‘tmasdan u «Real»ga o‘tmoqchiligi haqida xabar tarqaldi.
Sky Sport Italia nashri xabariga ko‘ra, «Milan» posboniga «Real», «Manchester Yunayted» va «PSJ» jamoalari da'vogar.
Madridliklar jamoasi italiyalik 18 yoshli darvozabonga yana bir yil o‘z jamoasida qolishni taklif qilmoqda, bu holda u keyingi mavsumda Madridga erkin agent sifatida keladi.
Donnarumma «Milan» yiliga 4,5 million yevro miqdoridagi maosh to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsada taklif etilgan shartnomani rad etdi. Tomonlarning muzokaralari futbolchining agenti Mino Rayola tufayli barbod bo‘ldi, u shartnomada jamoa YeChLga yo‘llanma ololmasa, futbolchining badal puli juda kam, ya'ni 10 million yevro etib belgilanishini istagandi.
Donnarummaning milanliklar bilan shartnomasi 2018 yilning yozida nihoyasiga yetadi, agar u shartnomasining oxirigacha o‘ynasa, «Real» uchun mutlaqo bepulga tushadi.
Donnarumma shartnomani uzaytirmadi - u boshqa klubga o‘tmoqchi
Mavzuga oid
17:03 / 19.05.2026
«Real»da inqiroz. O‘t o‘chirishga Joze kelmoqda
23:20 / 12.05.2026
Men ketmayman - «Real» prezidenti Florentino Peres shoshilinch matbuot anjumani o‘tkazdi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:47 / 08.05.2026