Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taqdirini og‘uga bog‘laganlar
Chust tumanida yashovchi Xolbek Tursunov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 2013 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tumani sudi tomonidan giyohvandlik moddasini sotgani uchun 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, keyinchalik bu axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan edi. Biroq X.Tursunov bundan tegishli xulosa chiqarmadi. Og‘ufurushlik bilan shug‘ullanishni yana boshlab yubordi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
X.Tursunov tanishi S.Alimovga 2 bo‘lak 15,67 gramm miqdorida “gashish” giyohvandlik moddasini kelishilgan narxida sotayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bundan tashqari, uning yashash xonadonidan ham ushbu turdagi giyohvandlik moddasi topildi.
Uning hamqishlog‘i Bahror Asrorov ham sherigi kabi “tavbasiga tayanmaganlardan” bo‘lib, shu jinoyat tufayli avval sudlanganligiga qaramay, takroran bu ishga qo‘l urdi. B.Asrorov avvaldan X.Tursunov bilan giyohvandlik savdosi bo‘yicha hamkor edi.
Shu kuni Bahrom ham huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan og‘u savdosi ustida qo‘lga olindi. Har ikki og‘ufurush sud hukmiga ko‘ra jazoga tortildi.
Mavzuga oid
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
23:36 / 29.04.2026