Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«U darg‘azab». Jurnalist Ronaldu Ispaniyada boshqa o‘ynamaslikka qaror qilgani haqida gapirdi
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning faoliyatini yoritib boruvchi, bu mavzudagi eng yaxshi ekspert hisoblanmish portugaliyalik jurnalist Nunu Luj ma'lum qildiki, bu futbolchi Ispaniyada boshqa o‘ynamaslik bo‘yicha qaror qabul qilib bo‘lgan.
«Ronaldu Ispaniyada boshqa o‘ynamoqchi emas.
Uning hisoblashicha, unga bu yerda moliyaviy jihatdan katta zarar yetkazishdi, uni hech kim himoya qilmadi. Ronaldu so‘ralgan barcha ishni qildi, ammo endi u yangi klub axtaradi.
Unga Ispaniya yoqadi, u ajoyib shahar – Madridda yashaydi, uning mahbubasi ispaniyalik. Ammo hozirgi vaziyatda Ronaldu «Real»ning qo‘llovini his qilmayapti.
U bundan darg‘azab, chunki bu uning aybi emas, moliyaviy masalani klub hal etishi kerak. Ammo men bu haqda ko‘p gapirishni istamayman, garchi ko‘p bilsamda», – degan Luj Radio MARCA efirida.
Bugun A Bola xabar qildiki, Ronaldu soliqlar bilan bog‘liq mojaro tufayli «Real»ni tark etish istagida. Madridliklar klubi esa uni fikridan qaytarishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026