Jamiyat | 03:02 / 16.06.2017
17778
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilm olishga mo‘ljallangan ilmiy maktablar tashkil etiladi

15 iyun kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev diniy ulamolarga islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilm olishga mo‘ljallangan ilmiy maktablar tashkil etish taklif qildi.

"Mamlakatimizning deyarli barcha hududlarida dinimiz ravnaqi yo‘lida beqiyos xizmat qilgan buyuk aziz-avliyolar, alloma zotlar xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmualari, ilmiy markazlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qoshida islom dinining alohida yo‘nalishlari bo‘yicha ilm olishga, mutaxassis bo‘lishga tayyorlab boradigan ilmiy maktablar tashkil etsak, nima deysizlar?

Masalan, Samarqandda – Imom Buxoriy ilmiy markazida hadisshunoslik, Imom Moturidiy markazi qoshida kalom ilmi, Farg‘onada – Marg‘inoniy ilmiy markazida islom huquqi maktabi, Buxoroda – Bahouddin Naqshband markazida tasavvuf, Qashqadaryoda – Abu Muin Nasafiy markazida aqida ilmi maktabini tashkil etsak, o‘ylaymanki, bu juda foydali bo‘ladi. 

Kelgusida chuqur bilimli imom-xatiblar, islomshunos mutaxassislar, ulamolar tayyorlashda, eng muhimi, farzandlarimizni buyuk ajdodlarimizning bebaho merosi ruhida, sog‘lom e'tiqod ruhida tarbiyalashda bu maktablar tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Kuni kecha Imom Buxoriy bobomiz yodgorlik majmuasida bo‘lganimda bu masalaning naqadar muhim va dolzarb ekanini ayniqsa chuqur his etdim", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid