Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyadagi sud lobsterlarni muzda saqlashni taqiqladi, sababi ular azob-uqubat chekar ekan
16 iyun kuni Italiya kassatsiya sudi lobsterlarni restoranlar oshxonalaridagi muzda saqlash mumkin emasligi haqida qaror chiqardi. Sababi bunday jarayon ularga jismoniy azob-uqubat keltirar ekan.
Avvalroq sud hayvonlar himoyachilarining Florentsiyaga yaqin yerdagi restoran egasiga qarshi da'vo arizasini ko‘rib chiqa boshlagandi. U qisqichbaqasimonlarni muzli qadoqlarda saqlagan, hamda endilikda 2 ming yevro miqdorida jarima va 3 ming yevrolik sud to‘lovlarini to‘lab berishi kerak.
Sudning iddao qilishicha, restoran egasining aybini qisqichbaqasimonlarning tirik holda tayyorlanishi ham hattoki yengillashtira olmaydi.
“Bunday tayyorlash uslubini qonuniy, deb hisoblash mumkin, biroq hayvonlarning tayyorlanishga qadar saqlanishi bilan bog‘liq azob-uqubatlarini bu tarzda oqlash mumkin emas”, - deyiladi sud qarorida.
Sud bunga muqobil tarzda lobsterlarni kislorod bilan to‘yintirilgan suvda xona haroratida saqlashni taklif qildi.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
19:51 / 30.06.2026
“Farhod” avtoehtiyot qismlar bozoridagi jinoiy guruh a’zolariga hukm o‘qildi
11:56 / 30.06.2026
Doniyor Turg‘unov ustidan sud boshlandi: avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
18:40 / 23.06.2026