Jamiyat | 13:52 / 17.06.2017
12939
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryolik kam ta'minlangan oilalarga Prezidentning moddiy ko‘magi berildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan aholining ehtiyojmand qatlamiga ko‘rsatib kelinayotgan g‘amxo‘rlik, ularni ham ma'naviy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlanilishi insonparvarlik prinsiplariga to‘la asoslangan.

Jumladan, joriy yilning 16 iyun kuni Prezident topshirig‘iga asosan Qashqadaryo viloyati aholisining kam ta'minlangan hamda mehnat layoqati chegaralangan qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 ga yaqin kishiga tikuv mashinalari, nogironlar aravachalari, hassalar, davolanishga yo‘llanmalar hamda 150 million so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi.  

Eslatib o‘tamiz: bundan avval huddi shunday xayriya tadbiri Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan edi

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid