Jahon | 11:33 / 17.06.2017
4358
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Oq uy Suriyadagi harbiy amaliyotlarni kengaytirish tarafdori

Foto: foreignpolicy.com

Amerika prezidentining yuqori lavozimli mulozimlari Suriyadagi harbiy harakatlarni kengaytirish zarurligini uqdirmoqda. Eron va Suriyadagi Tehron qo‘llab-quvvatlayotgan guruhlarga qarshi turish uchun shunday qilish zarur. Bu haqda Foreign Policy nashri Oq uydagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda

Ta'kidlanishicha, Oq uyning razvedka bo‘yicha milliy xavfsizlik kengashi rahbari Ezra Koen-Uotnik va MXKning Yaqin Sharq bo‘yicha maslahatchisi Derek Xarvi, AQSh qurolli kuchlari Suriya janubida hujumni boshlashini xohlamoqda. Shunga qaramay, nashrning yozishicha, AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bu kabi g‘oyalarni bir necha marotaba rad etgan. 

Mettisdan tashqari, boshqa harbiylar va mulozimlar, xususan yuqori lavozimli diplomatlar ham urushni yoqlamayapti. Ularning fikricha, bu mazkur mintaqada Eron bilan xavfli ziddiyatga olib kelishi hamda amerikalik askarlarda tahdid solishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid