Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada kema prichalga urilishi oqibatida 55 kishi jabrlandi
Italiyaning Iskya orolidagi portda kemaning prichalga kelib urilishi oqibatida 55 kishi jabrlandi. Bu haqda ANSA axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Medmar xususiy kompaniyasi kemasi yo‘lovchilari to‘qnashuv oqibatida lat yeyish, mo‘mataloq kabi kichik jarohatlar olganlar. Barcha jarohatlanganlar shifoxonaga yetkazilganlar.
Kemaning prichalga urilishi vaqtida yo‘lovchilar chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishgan va zarbadan oyoqlarida turolmay, yiqilib tushishgan. Yo‘lovchilardan birining aytishicha, kema portga yaqinlashish vaqtida tezligini pasaytirmagan.
"Kema pirsga urilishi ayon edi", deb aytdi ayol. Uning aytishicha, kemada to‘qnashuv vaqtida sarosima ko‘tarilgan.
Ayni vaqtda kemada tegishli tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:53 / 07.07.2026
Sardiniyada ish, 5 ming yevrogacha maosh: shifokorlar uchun qabul boshlandi
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026