Texnologiya | 18:59 / 19.06.2017
17297
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda soxta iPhone 8 sotuvlari boshlandi

Xitoy bozorida Android'da ishlovchi iPhone 8 replikalari paydo bo‘ldi. 

Xitoy smartfoni Apple flagmanining hanuz rasman namoyish qilinmagan dizaynidan nusxa ko‘chirgan. Nomsiz qurilma ramkasiz ekran, barmoq izlari skaneri va ikki vertikal kameraga ega - barchasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xususiyatlarga to‘g‘ri keladi. Smartfon korpusi metalldan yasalgan va hatto kerakli joyida Apple logosiga ham ega. Hi-Tech hatto replikaning vidosi bilan ham bo‘lishdi:

Xitoyning soxta Apple'i na texnik mukammallik va na akkumulyator sig‘imi bilan maqtana olmaydi, albatta. Umuman uning bir qator xususiyatlari haqida ma'lumotlar tarqalgan haqiqiy iPhone 8'ga bog‘liqlik joyi yo‘q. 

Shunday bo‘lsa-da, bunday apparatlar muayyan talabga ega bo‘ladi: ularning narxi arzon, ko‘rinishi esa "deyarli shunday".  

Apple korporatsiyasi bu ish yuzasidan sud ishi ocharmikan? Hoynahoy qurilmaning rasmiy taqdimotigacha - yo‘q. Shunday ekan, xitoyliklar kamida kuzgacha ko‘proq "ayfon" o‘tkazish imkoniga egalar. 

Yangi iPhone taqdimoti kutilayotgan bir paytda Apple'ning original modellari narxi pasayishda davom etmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid