Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev shu haftada vodiyga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 23 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga boradi.
«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda, yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax va Andijon viloyatlariga tashriflar uyushtirdi, u har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026