Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘rlik ishlatgan shaxs ushlandi
2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 12:00 larda, Dilshod Raximovich Toshmuxamedov jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirish maqsadida, Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonida, voyaga yetmagan Munisa Farmanovani (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ojizligidan foydalanib, zo‘rlik ishlatib, o‘zining jinsiy ehtiyojini g‘ayritabiiy usulda qondirgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib, g‘ayritabiiy ravishda qondirish, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshmuxamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
19:57 / 22.02.2026
Toshkent va Praga o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda
07:41 / 22.02.2026
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
16:04 / 21.02.2026