Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda AQSh harbiy bazasining 8 nafar soqchisi hujum sabab halok bo‘ldi
Afg‘onistonning Parvon viloyatida jangarilar hujumi oqibatida AQSh harbiy bazasining sakkiz nafar afg‘onistonlik soqchisi halok bo‘ldi. Bu haqda Assoshieyted Press agentligi xabar tarqatdi.
Viloyat gubernatori vakilining ma'lum qilishicha, qo‘riqlash xizmatining yana ikki xodimi hujum davomida yaralandi. Hodisa dushanba kuni Bagram shahri tumanida yuz bergan. Gubernator vakili so‘zlariga ko‘ra, qo‘riqchilar AQSh qurolli kuchlarining eng yirik aviabazasiga ishga ketishayotgan vaqt hujumga duchor bo‘lishgan.
Hodisa o‘rganilmoqda. Ayni damda hech kim hujum uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olmadi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026