Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqlimshunoslar: insoniyat halokatli darajadagi issiq ob-havo bilan to‘qnashadi
Amerika va britaniyalik olimlarning ko‘rsatishicha, XXI asr oxirida Yer sayyorasi aholisining to‘rtdan uch qismi halokatli darajadagi issiq ob-havoga duch keladi. Bu boradagi tadqiqot Nature Climate Change jurnalida e'lon qilindi, deb xabar bermoqda The Independent.
Olimlarning bunday taxminlari, atmosferaga chiqariluvchi issiq gazlar hajmi qisqarmasa haqiqatdan ro‘y beradi. Aks holda esa halokatli jazirama ob-havoga sayyora aholisining taxminan yarmi duch keladi. Eng murakkab ob-havo sayyoraning tropik tumanlarida kuzatiladi.
Olimlarning fikricha, iqlim shu darajada tez o‘zgarib bormoqdaki, kishilar yangi sharoitlarga moslashishga ulgurmayapti. Ayni damda, mualliflar taxminiga ko‘ra, jazirama ob-havodan sayyora aholisining uchdan bir qismi aziyat chekmoqda.
Mutaxassislar bunday xulosalarga kishilarning jazirama ob-havo tufayli o‘lim topishi statistikasiga bag‘ishlangan 1,9 mingdan ortiq tadqiqotni tahlil qilib kelishdi. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2010 yilda Moskvada issiq havo sabab 10,8 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan, 2003 yilda Parijda – 4,9 ming, 1995 yilda Chikagoda – 740 kishi.
Mavzuga oid
10:05
O‘zbekiston Bonnda iqlim majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yutuqlarini taqdim etdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
08:14 / 06.06.2026