Sport | 22:11 / 20.06.2017
7743
2 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘qon-1912»–«So‘g‘diyona». Mezbonlar darvozasiga ikkita penalti tepildi, mezbonlar g‘alaba qozondi

Oliy liganing 14-turi doirasidagi yana bir uchrashuv Farg‘onada, mahalliy «Qo‘qon-1912» va Jizzaxning «So‘g‘diyona» jamoalari o‘rtasida kechdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limidayoq farg‘onaliklar jamoasi 3:0 hisobida oldinga chiqib olishgan.

E'tiborli jihati, o‘yin hakami No‘'mon Hasanov shogirdlari darvozasiga ikki marta penalti belgilagan, birinchi bo‘lim vaqtida mehmonlar jamoasi sardori Sanjar Rashidov zarba berishda adashgan, ikkinchi bo‘limda Sardor Eminov penaltidan hisobni qisqartiruvchi golni urgan. Penaltidan gol ura olmagan Sanjar Rashidov esa 78-daqiqada jizzaxliklarning ikkinchi goliga mualliflik qilgan. Lekin bu futbolchi o‘yinni oxirigacha tugata olmagan, 82-daqiqada u maydondan chetlatilgan, Davron Fayziyev shogirdlari o‘yinning qolgan qismida hisobni o‘zgartira olishmagan 2:3.

Bu natijadan keyin «Qo‘qon-1912» 26 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda, «So‘g‘diyona» esa 14 turda 17 ochko jamg‘argan va 12-o‘rinda joylashgan.

Oliy Liga, 14-tur
«Qo‘qon-1912» - «So‘g‘diyona» 3:2
Gollar: Murod Holmuhammedov (16, penalti), Suhrob Berdiyev (24), Filip Rayyevats (45) - Sardor Eminov (57, penalti), Sanjar Rashidov (78).
«Qo‘qon-1912»: Nikita Ribkin, Jamshid Hasanov, Nosir Otaqo‘ziyev (58, Sidorov), Javohir Sidiqov, Suhrob Berdiyev, Ibrohim Rahimov (46, Akramov), Akmal Xolmurodov, Darko Gojkovich, Murod Xolmuhammedov, Ruslan Melzeddinov, Filip Rayyevats.
«So‘g‘diyona»: Shohrux Eshbo‘tayev, Sardor Qulmatov, Azamat Isroilov, Elyor Oripov, G‘ulom O‘runov (46, Bahodirov ), Sanjar Rashidov, Suhrob Qobilov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Doston Abdurahmonov, Sarvar Jo‘rayev, Sardor Emminov.
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Sanjar Rashidov (35).
Ogohlantirishlar: Sardor Qulmatov (58).
Chetlatishlar: Sardor Qulmatov (82), Sanjar Rashidov (82).

Mavzuga oid