Jamiyat | 12:01 / 20.06.2017
15350
1 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida fohishaxona saqlash holati aniqlandi

2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 17:30larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Ivanova Nadejda (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) Mirzo Ulug‘bek tumani hududida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 70.000 so‘m pul evaziga fuqaro «U» va «Sh» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb xabar bermoqda Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid