Toşkent şahar hokimligi Mirzo Uluğbek tumanidan ötuvçi köçalardan biri vaqtinça yopilişini ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, Mirzo Uluğbek tumanida quriliş-ta’mirlaş işlari sababli Kiçik halqa avtomobil yölining Oqqörğon köçasi kesişmasidan Katta Darxon köçasi kesişmasigaça bölgan bir tomonlama yönaliş qismi 22 may soat 15:00 dan 24 may soat 06:00 gaça barça transport vositalari uçun yopilgan.

Haydovçilarga körsatilgan davr mobaynida muqobil yönalişlardan foydalaniş tavsiya qilinadi.

Avvalroq «Talabalar festivali» ötkazilişi sabab Olmazor tumanidagi köça 24 mayga qadar yopilişi töğrisida xabar berilgandi.