Hongkongning eng boy kishisi 90 yoshida ishdan ketmoqchi
Hongkongning eng badavlat tadbirkori, Hutchison Holdings raisi 88 yoshli Li Kashinning qachon iste'foga chiqishi hozircha noma'lum bo‘lib turibdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Li Kashin biznes bo‘yicha hamkasblariga iste'foga chiqish borasidagi rejalarini 2018 yilda xabar qilishi haqida yozgandi.
Gazeta manbalarining aytishicha, tadbirkor 90 yoshga to‘lganidan so‘ng ishdan ketishni mo‘ljallagan, ya'ni 2018 yilning 29 iyul kuni.
Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra esa, magnat joriy yilning oxirigacha ishdan ketishi mumkin. Nashr suhbatdoshlarining ma'lum qilishicha, uning ishlarini o‘g‘li - Viktor Li qabul qilib oladi.
Li Kashin Forbes talqiniga ko‘ra, 2017 yildagi milliarderlar ro‘yxatida 19-o‘rinni egalladi. Uning davlati 33,1 mlrd. dollarga baholangan.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024