Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu 2017 yilda urilgan gollar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederatsiyalar kubogi-2017 doirasida Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda hisobni ochuvchi golni urdi.
U 8-daqiqada Rafael Gerreyro tomonidan jarima maydoniga uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi.
Bu goli evaziga Ronaldu 2017 yil davomida klub va terma jamoa safida urilgan gollar soni bo‘yicha «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messiga yetib oldi.
Endilikda, har ikki futbolchi hisobida 32ta gol bor, Ronaldu bu gollarni 32ta o‘yinda urgan, u shuningdek, 7 marta sheriklarini golli pas bilan ta'minlagan.
Ushbu futbolchilardan keyingi o‘rinlarda Harri Keyn (28), Robert Levandovski (27) va Edinson Kavani (26) joylashgan.
Mavzuga oid
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026
JChda 10-kun. Germaniyada kambek, Kyurasaoda sensatsiya, portugallar lagerida mojaro
12:37 / 18.06.2026