O‘zbekiston | 15:26 / 22.06.2017
6108
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Vatikan elchisi bilan uchrashdi

2017 yilning 22 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vatikanning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Chelestino Miloreni (qarorgohi Moskva shahrida) qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Vazir ishonch yorliqlarini qabul qildi va elchini O‘zbekistonda o‘z diplomatik missisiyasini boshlagani bilan tabrikladi.

Qisqa marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning, jumladan dinlararo muloqot doirasidagi aloqalarning holati va istiqbollari ko‘rib chiqildi.

2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Prezidenti 2017-2021-yillarda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqladi. Mazkur hujjat davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, sud-huquq tizimi va ijtimoiy tarmoqni isloh qilish, shuningdek, havfsizlikni, xususan millatlararo birdamlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlashning asosiy tamoyillari va tashqi siyosatni nazarda tutadi.

Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinchlik hamda birdamlikda yashamoqda, 138 ta milliy madaniyat markazlari, 34 ta do‘stlik jamiyatlari, 16 ta diniy konfessiyaning 2 mingdan ortiq diniy tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuvda ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Vatikan o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganidan so‘ng, 25 yil mobaynida turli millatlar va din vakillari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan sheriklikning ijobiy tashribasi orttirildi. 

Suhbat chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Mavzuga oid