Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Kengashi prezidenti Poroshenkoni Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilishiga ishontirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Yevropa ittifoqi rahbariyatidan Rossiyaga qarshi sanksiyalar uzaytirilishi bo‘yicha va'da olgan. Bu haqda «Interfaks» xabar tarqatdi.
«Bugungi kunda (Rossiyaga qarshi) sanksiyalar uzaytirilishi bo‘yicha bor bo‘lgan ma'lumotlardan xursandmiz», - degan Poroshenko Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk bilan Bryusseldagi uchrashuv vaqtida.
Shu bilan birga, u g‘arbiy sheriklar bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida o‘zaro muvofiq holda ish olib borish muhimligini ta'kidlab o‘tdi.
«Bilasizki, AQSh sanksiyalar kiritdi va bu sanksiyalar Minsk kelishuvlari to‘la amalga oshmagunga qadar kuchda qolishini tasdiqladi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Poroshenko.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026