Jahon | 19:07 / 22.06.2017
10983
2 daqiqa o‘qiladi

Internetda IShID jangarilari shakllaridan iborat soxta Lego sotilmoqda

Osiyodagi qator davlatlarda IShID jangarilari shakllari bo‘lgan Lego soxta konstruktorlari sotuvga chiqdi, deb xabar bermoqda RT.

To‘plamga jangarilar shaklchalari, shuningdek, benzinli arra, taymerli dinamit va katapulta orqali ishga tushirish mumkin bo‘lgan yonuvchi bochkalar kiradi.

Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan konstruktor reklamasida qatl etish sahnasi ham tasvirlangan.

To‘plamlarni Xitoy firmasi tarqatish bilan shug‘ullanmoqda. Lego vakili Kamilla Pedersonning RT’ga bildirishicha, bu soxta mahsulot.

"Bu Lego mahsuloti emas. Kompaniyamiz faoliyati bolalarning rivojiga yo‘naltirilgani holda, biz, albatta, bunday mahsulotni hech qachon chiqarmagan bo‘lardik", - deydi u.

Avstraliyaning 9NEWS portali ma'lumotiga ko‘ra, Malayziya fuqarolaridan biri o‘z o‘g‘lining yonidan shunday to‘plamni topib olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolakay uni 2 dollarga xarid qilgan. Ayol topilma haqida politsiya va islom kengashiga murojaat qildi.

Mavzuga oid