Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda isroilliklarning elektron samolyoti namoyish qilindi
Isroilning Eviation Aircraft kompaniyasi Le-Burjyedagi Xalqaro aviasalonda Alice elektrik samolyotining prototipini namoyish qildi. Electrek shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
6 tonna va 12 metr uzunlikdagi havo kemasi 6-9 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan va bir quvvat olganda 965 kilometrni bosib o‘ta oladi. Undan biznes-aviatsiya ehtiyojlari uchun foydalanish mumkin. Dvigatel 980 kilovatt/soat'li innovatsion alyuminiy-havo akkumulyatoridan to‘yinadi.
Uchuvchi qurilmaning e'lon qilingan kreyser tezligi - soatiga 450 kilometr. Ishlab chiqaruvchi firma 2018 yilda parvoz uchun zarur bo‘lgan sertifikatlarni olishni rejalashtirmoqda.
"Bizning mobilligimiz yangi, samarali kelajakka moslashishi kerak. Gap Kremniy vodiysidan San-Diyegoga yoki Seuldan Pekinga arzon sayohat haqida ketganda bizning to‘liq elektron samolyotimiz odamlarga zamonaviy global iqtisodiyot talablariga javob beruvchi tezlikda harakatlanish imkonini beradi", - dedi Eviation Aircraft rahbari Omer Bar-Yoxay.
Parijdagi Le-Burjye aviasaloni - dunyodagi eng yirik aviasalonlardan biri. U yerdagi ilk samolyotlar ko‘rgazmasi 1908 yilda bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026
OAV: Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasida sulh tuzildi
17:56 / 19.06.2026
«Tramp sizning yagona ittifoqchingiz» – Vens ham Isroilni tanqid qildi
14:15 / 18.06.2026