Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu qaysi jamoaga o‘tmoqchi ekanini ma'lum qildi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga kelgan, deb yozmoqda Marca nashri.
Manba bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi Fransiyaning «PSJ» klubiga o‘tishni istamoqda.
32 yoshli futbolchi Konfederatsiyalar kubogidan keyin «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, Parij klubidan tushayotgan taklif masalasida gaplashib olmoqchi. Qayd qilinishicha, Ronaldu Yevropa futbolida qolishni istaydi. Shu sababdan u Xitoydan tushayotgan takliflarni ko‘rib chiqishni ham rejalashtirmagan.
Bundan oldinroq, «PSJ» Ronaldu uchun 100-150 mln. yevro atrofida to‘lashga tayyorligini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari parijliklar Krishtianuga «Real»da oladigan maoshidan ko‘proq to‘lamoqchi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026