Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘llaridagi qoidabuzarlar va qarzdorlar orasida ayollar yetakchi
IIV matbuot xizmati o‘z saytida Toshkent shahrida joriy etilgan yo‘l harakatini boshqarishning kompyuterlashtirilgan tizimi tomonidan qayd etilgan va sodir etilgan qoidabuzarliklar uchun belgilangan muddatlarda jarimalarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan jismoniy shaxslar ro‘yhati bilan bo‘lishdi.
Unga ko‘ra, poytaxt yo‘llarida eng ko‘p yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxslar o‘nligida 7 nafar ayol nomi qayd etilgan. Ro‘yxatning birinchi, ikkinchi, uchinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlarida ayol haydovchilar familiyasi keltirilgan.
Taqdim etilgan jadvalga ko‘ra, birinchi o‘rinda qayd etilgan toshkentlik ayol haydovchi 23 marta qoida buzgan. Undan keyingi o‘rinda kelganlar (ikkinchi va uchinchi o‘rinlar) esa 20 va 17 marotaba yo‘llarda harakatlanish qoidalariga rioya qilishmagan. O‘nlikning ikkinchi yarmidagi ayollar esa 15, 14, 13 marta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yishgan. Ro‘yxatda keltirilgan ayollar spark va matiz avtomobillarini boshqarishgan.







Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026