Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Britaniyada yashovchi o‘zbekistonlik investor bilan muloqotda erkin savdo haqida gapirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida O‘zbekiston rivojiga hissa qo‘shish istagida mamlakatga tashrif buyurayotgan vatandoshlarimiz uchun sharoit yaratish kerakligini ta'kidladi.
Buyuk britaniyalik vatandoshimiz Akbar Ashurov ham Farg‘onadagi muloqot davomida Jizzax viloyatida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihani taqdim qildi.
“Agar siz Angliyaning havosini olgan bo‘lsangiz, O‘zbekistonda ham shu biznesga sharoit havosi kirmoqda sekin-sekin. Mana hozir qarorlarimizni ko‘rayapsiz, strategiyamizni ko‘rdingiz, monetar siyosatimizni ko‘rayapsiz. Umuman, tadbirkorlikda iqtisodiy manfaatdorlik bo‘lmasa, uning ichiga kirish kerak emas. Zamon shunday. Qachon dunyoqarash o‘zgaradi – iqtisodiy manfaatdorlik bo‘lsa, pirovard maqsad, natija. Ana shu nuqtai nazardan hozir bizga kirganlar ertaga kam bo‘lmaydi. Nima qilib sizga yordam beray? Nima qilib sizni ishontiray, sizga o‘xshagan ko‘p o‘zbeklar qaytib kelishi uchun?”, - dedi davlat rahbari Ashurov bilan muloqot chog‘ida.
“Biz ko‘p narsalarni amalga oshiramiz. Erkin savdo, erkin valyuta, O‘zbekistonning shuncha imkoni, mehnatkash xalqining sharoiti sizlarning ham obro‘laring. Meni vatanim ham shunday, kelgin, deyishlaringga biz sharoit yaratamiz”, - degan Shavkat Mirziyoyev.
Buyuk britaniyalik investor Akbar Ashurov esa O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar, tadbirkorlarga yaratilayotgan yangi sharoitlarni ko‘rib, hozirgi sharoitdan kelib chiqqan holda O‘zbekistonda yana qo‘shimcha biznes qilishga, investitsiya qilishga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qilganini aytib o‘tdi.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
17:00 / 14.07.2026
Xorijlik investorlarning yer «sotib olishi»: xavotirlar va huquqiy kafolat haqida
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026