Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi yoshlar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi
Foto: Milliy Olimpiya qo‘mitasi
Yaponiya poytaxti Tokio shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Musobaqada o‘zbekistonlik uch nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Farhod Sobirov 94 kg. vaznli polvonlar bahsida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Sportchi dast ko‘tarishda avval 170 kg. toshni o‘ziga bo‘ysundirgan bo‘lsa, keyingi urinishlarda 175 va 180 kg. natijani qayd etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Siltab ko‘tarishda ham Sobirov birinchi urinishda 200 kg.lik toshni qiyinchiliksiz ko‘tardi. Keyin 206 va 210 kg. og‘irlikdagi toshlarni ko‘tarib, umumiy 390 kg. natija bilan jahon chempionligiga erishdi.
Mavzuga oid
07:32 / 11.10.2025
Akbar Jo‘rayev jahon rekordini o‘rnatdi
12:10 / 19.09.2025
Jahon chempionlariga avtomobil va pul mukofotlari topshirildi
16:48 / 31.01.2025
O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasiga yangi rais saylandi
20:45 / 15.03.2024