Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onalik ayol o‘z turmush o‘rtog‘ining qotiliga aylandi
Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan Z.Q uyida oilaviy janjal oqibatida mast holdagi birga yashagan turmush o‘rtog‘i, 1964 yilda tug‘ilgan B.X ni ochiq ayvondan itarib yuborgan. Bu ham yetmaganday pastga yiqilgan vaqtida uning boshiga yog‘och bilan urib jarohat yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Natijada jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay B.X shu yerda vafot etgan. Uning ayoli Z.Q ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:26 / 11.07.2026
Buyuk Britaniyada taniqli siyosatchi Enn Uiddikomb o‘ldirildi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
16:53 / 04.06.2026