Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkadagi Masjid Al-Haromda sodir etilmoqchi bo‘lgan terakt oldi olindi
Makkada terrorchining qo‘lga olinishi vaqtida 6 nafar xorijlik ziyoratchi jarohat oldi, deb ma'lum qildi Saudiya Arabistoni ichki ishlari vazirligi vakili.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchi-xudkush musulmon dunyosining eng muqaddas qadamjosi – Masjid Al-Haromda Ramazon oyining oxirgi jumasida u yerga ko‘plab ziyoratchilar yig‘ilganda terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan.
Ichki ishlar idoralari vakilining aytishicha, ular Muqaddas masjid, ziyoratchilar va ibodatga kelganlarni nishonga olgan terrorchilarning rejalarini barbod qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Terrorchi reyd davomida Makkaning Ajyad dahasidagi uylardan birida yashirinishga uringan. U xavfsizlik kuchlarining taslim bo‘lish talabiga javoban ularga qarata o‘q uzgan. So‘ngra o‘zini portlatib yuborgan.
Ma'lum qilinishicha, terrorchi yashirinmoqchi bo‘lgan uy portlash oqibatida qisman shikastlangan, terrorchi u yerda garovga olgan 6 ziyoratchi jarohat olgan. Operatsiya davomida shuningdek 5 politsiyachi jarohat olgan.
Saudiya xavfsizlik kuchlari umumiy hisobda Makkada harakat qiluvchi ikkita guruh, Jiddada esa yana bitta guruhni aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan. Reydlar davomida terrorchilikda gumon qilingan 5 kishi, jumladan bir ayol qo‘lga olingan.
AQShning Markaziy razvedka boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida teraktlar IShID yetakchilari ko‘rsatmasi bilan amalga oshirilmoqda. Ular saudiyaliklar IShIDga qarshi kurashuvchi AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaga qo‘shilgandan keyin hujumlarni boshlashni buyurishgan.
Mavzuga oid
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026