Sport | 12:25 / 24.06.2017
19489
2 daqiqa o‘qiladi

Messi aslida «Barselona»da emas, balki «Real»da o‘ynashi kerak bo‘lgan

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi bugungi kunda Kataloniya jamoasida emas, balki uning azaliy raqibi – Madridning «Real» klubi tarkibida to‘p surishi mumkin edi. Bu haqda o‘z davrida 13 yoshli Messini «Barselona»ga olib kelgan argentinalik agent Orasio Gajioli xabar qildi.

«Taqdir taqozosi bilan Kataloniyaga yashashga ketdim. Hamda Leoni «Barselona»ga olib bordim. Men Ispaniya poytaxtiga ko‘chib ketishga juda yaqin turgandim. Agarda Madridga ketganimda, Messi «Real» tarkibida o‘ynardi. Messini aeroportda ko‘rganimda, bu yigitcha futbolchi bo‘la olmaydi, deb o‘yladim. U juda kichkina va ozg‘in edi. Tan olaman, men uning ko‘rinishidan juda hayratga tushgandim. Biroq, uni «Barselona» mashg‘ulotlarida ko‘rib, bu buyuk o‘yinchi ekanini tushundim», - deya Gajiolining so‘zlarini keltiradi Globoesporte.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid