Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Pokiston prezidentiga maktub yo‘lladi: O‘zbekiston bunday yovuz xatti-harakatlarni keskin qoralaydi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga maktub yo‘lladi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.
Maktubda shunday deyilgan: “Pokistonning Parachinar, Kvetta va Karachi shaharlarida yuz bergan mudhish terrorchilik hurujlari oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Mazkur jirkanch hodisalarning butun islom ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyida va muborak Iyd-al-Fitr ayyomi arafasida sodir etilgani barchamizni tashvishga soladi va O‘zbekiston bunday yovuz xatti-harakatlarni keskin qoralaydi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Pokiston xalqiga chuqur ta'ziya izhor etib, halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz”.
Pokistondagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni qariyb 60 kishiga yetdi
Mavzuga oid
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gurjistonning oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi
21:12 / 02.07.2026