Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruslarning Su-27 qiruvchi samolyoti Amerikaning razvedkachi-samolyoti bilan yaqinlashdi (foto)
AQSh qurolli kuchlarining Yevropadagi qo‘mondonligi Rossiyaning Su-27 qiruvchi harbiy samolyotining RC-135U razvedkachi samolyotiga yaqinlashgani fotosuratlarini e'lon qildi. Su-27 tomonidan tutib olingan chog‘da Amerika samolyoti Boltiq dengizi uzra xalqaro havo hududida parvoz qilayotgan edi.
«Yaqinlashishning katta tezligi va tutilish vaqtida havo kemasi ustidan nazorat kuchsiz bo‘lgani bois, yaqinlashish xavfli degan to‘xtamga kelingan», — deyiladi xabarda.
Boltiq dengizi uzra Amerika razvedkachi-samolyoti yonidan rus qiruvchi samolyotining uchib o‘tgani haqida dastlab Fox News kanali xabar berdi. Manbalarga ko‘ra, Su-27 RC-135ning yonidan bir yarim metr masofada parvoz qilgan, o‘zini «provakatsion» tutgan va tartibsiz harakat qilgan.
Keyinchalik Rossiya mudofaa vazirligi AQShning razvedkachi-samolyoti Rossiya chegarasi tomon parvoz qilganini va kuzatish chog‘ida esa Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti tomon burilib, keskin yaqinlashishga harakat qilganini ta'kidlab o‘tgan. Idoraning bergan ma'lumotiga ko‘ra, o‘sha hududda yana bir RC-135 samolyoti ushlangan.





Foto manbasi: Master Sgt. Charles Larkin Sr/U.S. European Command
Mavzuga oid
23:05 / 24.02.2026
Oq emas, ko‘k-sariq bayroq ko‘tardik – Zelenskiy urushning 4-yilida murojaat yo‘lladi
21:45 / 24.02.2026
Pavel Durovga Rossiyada «terrorizmga ko‘maklashish» bo‘yicha jinoiy ish ochildi
19:59 / 24.02.2026
Putin Qora dengizdagi gaz quvurlarini portlatishga urinish haqida ma’lumot borligini aytdi
17:16 / 24.02.2026